Terri Anri Frantsiyaning JCh-2026 dan chiqib ketishiga izoh berdi

Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida «uch ranglilar»ning Ispaniyaga qarshi kechgan o'yini natijasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Shimoliy Amerika mundialining yarim final uchrashuvi «qizil furiya»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Ispanlar to'pni nazorat qilishdi va nima uchun Evropa chempioni ekanliklarini isbotlashdi. Ular ancha kuchliroq edi. Yaxshiroq o'ynagan jamoa g'alaba qozondi. Agar o'yin boshidanoq bor kuchingiz bilan o'ynamasangiz, qiyin bo'ladi», — dedi Anri Fox Sports efirida.
Ispaniya hozircha finaldagi raqibi kim bo'lishini bilmaydi. Raqib 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadigan Angliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahs natijasiga ko'ra aniqlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar