"Arsenal" chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalafori sonidan olgan jarohati tufayli Italiya terma jamoasi qarorgohini tark etishga majbur bo'ldi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining jarohati jiddiy emas. U kelasi haftadan boshlab "kanonirlar" bilan mashg'ulotlarni davom ettiradi.

Kalafori joriy mavsumda jami 12 ta o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.