Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen operatsiyani juma kuniga qoldirdi.

"Barselona"ning "Jirona"ga ijaraga berilgan darvozaboni "Ovedo"ga (0:1) qarshi bahsda jarohat oldi.

Diario Sport nashrining Cadena SER’ga tayanib xabar berishicha, nemisning mushaklarida jiddiy shikastlanish aniqlangan.

Uning tiklanish muddati operatsiyadan keyin belgilanadi, deyiladi "Jirona" bayonotida.

Avvalroq, 33 yoshli futbolchi 2 oyga safdan chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu holatda "Jirona" ijara shartnomasini bekor qilib, darvozabonni "Barsa"ga qaytarib yuborishi mumkin edi.