Ter Shtegen bir mavsumning o'zida ham La Ligada g'olib chiqdi, ham Segundaga tushib ketdi

Mark-Andre ter Shtegen bir mavsum davomida ikki xil klub safida ham Ispaniya chempioni bo'lishga, ham quyi divizionga ravona bo'lishga «muvaffaq» bo'ldi.
Germaniyalik darvozabon chempionatning birinchi yarmini La Ligada oltin medallarni qo'lga kiritgan «Barselona» tarkibida o'tkazdi.
Qishda esa «Jirona» posbonni «ko'k-anorranglilar»dan ijaraga oldi. Jamoa yakunda 19-o'rinni egallab, Segundaga tushib ketdi.
Ter Shtegen «Jirona» safida yanvar oyida ikkita o'yinda maydonga tushdi va shundan so'ng jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

Bu nimasi;)