«Barselona» golkiperi Mark-Andre ter Shtegen yaqin vaqt ichida jamoasini o'zgartirishi mumkin. 34 yoshli futbolchi Amsterdamning «Ayaks» klubiga o'tishga bir qadam qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Xuan Ximenes Salvado. Bu o'rinda gap bo'lajak mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan ijara shartnomasi haqida bormoqda.

Mark-Andre ter Shtegen o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Jirona»da o'tkazgan edi, biroq u erga o'tganidan ko'p o'tmay jiddiy jarohat olgani sababli deyarli maydonga tushmadi. «Barselona»da sobiq sardorga anchadan beri ishonch bildirilmayapti — uning ketishi deyarli hal bo'lib ulgurgan edi. Darvozabonning Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi tugashiga hali ikki yil bor.

Manba: Stadion.uz