Teo Ernandes: “Saudiya Arabistonida mening darajam tushib ketgani yo'q”

Frantsiyalik himoyachi Teo Ernandes Saudiya Arabistonidagi faoliyatiga qaramay, sport formasi va darajasi pasayib ketmaganiga jamoatchilikni ishontirmoqda. Teo Ernandes Italiyaning “Milan” klubidagi olti yillik faoliyatidan so'ng, 2025 yilning yozida ushbu mamlakatga ko'chib o'tgan edi.
“Jismoniy jihatdan o'zimni a'lo darajada his qilyapman. Saudiya Arabistonida yaxshi tayyorgarlik ko'rdim. U erda daraja past degan fikrga qo'shilmayman. Bunday emas. Kanselu va Kantening o'yinlariga e'tibor qarating. U erdan Evropaga bemalol qaytish mumkin”, — deya Teoning so'zlarini keltiradi Ispaniyaning Diario AS nashri.
Frantsiyalik futbolchi bundan keyin ham Saudiya Arabistoni chempionatida qolish niyatida.