«Al-Hilol» himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. London klubi ehtimoliy transfer borasida futbolchining pozitsiyasini bilish uchun uning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazib bo'ldi.

Teo Ernandes 2025 yilda «Milan»dan «Al-Hilol»ga 25 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda frantsiyalik himoyachi saudiyaliklar tarkibida barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz