Teo Ernandes: “Ayonki, biz favoritlar qatoridamiz”

Himoyachi Teo Ernandes start olgan Jahon chempionati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va turnir favoritlarini aytib o'tdi. Ular qatoriga, tabiiyki, amaldagi vitse-chempion bo'lmish Frantsiya terma jamoasini ham kiritdi.
“Ayonki, Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionati favoritlari qatorida. Ispaniya va Germaniya jamoalari bilan birgalikda. Lekin boshqa kuchli jamoalar ham bor. Biz o'zimizga ishonamiz, biroq raqibga past nazar bilan qaramaslik kerak. Umid qilamanki, bu ajoyib Jahon kubogi bo'ladi”, — deya Teo Ernandesning so'zlarini keltiradi Ispaniyaning Diario AS nashri.
Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o'yinini Senegal terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.