Tennischilar Emma Radukanu, Kemeron Norri, Sten Vavrinka, Aleksandra Eala, Keti Bulter va Joao Fonseka Chempionlar ligasi — 2025/2026 g'olibi kim bo'lishini tahmin qilishdi. Bugun, 30 may kuni Budapeshtda (Vengriya) turnir finali bo'lib o'tadi va unda Londonning «Arsenal» hamda Frantsiyaning «PSJ» jamoalari to'qnash kelishadi.

Emma Radukanu: Javobim uchun muammolarga duch kelishim mumkin... Izoh bermayman... «PSJ»...

Kemeron Norri: Menimcha, «Arsenal». Ular hammani dahshatli tarzda o'ynashga majbur qilishmoqda, shuning uchun «Arsenal».

Sten Vavrinka: «PSJ».

Aleksandra Eala: «Pari Sen-Jermen».

Joao Fonseka: «PSJ», lekin men «Arsenal»ga muxlislik qilaman.

Keti Bulter: Men uchun faqat bitta javob bo'lishi mumkin. Bu jamoa mening mamlakatim sharafini himoya qiladi — «Arsenal», — dedi tennischilar TNT Sport’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida e'lon qilingan videoda.