Parij shahrida tennis bo'yicha joriy yil taqvimidan o'rin olgan so'nggi "Masters" musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

Erkaklar o'rtasidagi final bahsida italiyalik Yannik Sinner hamda kanadalik Feliks Oje-Alyassim kuch sinashdi.

Qizg'in tarzda kechgan 2 setli uchrashuvda Sinner raqibini 6:4, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va o'z faoliyatidagi navbatdagi yirik sovrinni qo'lga kiritdi.

Bu g'alaba orqali Yannik Sinner yilning so'nggi "Masters" turniri chempioni sifatida tarixda qoldi.