Xitoyda tennis bo'yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli start oldi.

Tennischimiz asosiy to'r bahslarining ilk bosqichida frantsiyalik Artur Veberni har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi davrada yaponiyalik Sho Shimabukuro bilan raqobatlashish huquqini qo'lga kiritdi.  

Shuningdek, Sergey Fomin musobaqaning juftlik bellashuvlarida neytral maqomdagi tennischi Egor Agafonov bilan ishtirok etmoqda. Ular birinchi davrada raqibi Yangi zelandiyalik tennischilar Finn Reynolds va Jeyms Uott bilan kuch sinashadi. Bahs 15 oktyabr kuni tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, mukofot jamg'armasi 100 ming AQSh dollari bo'lgan ushbu turnirda yana bir tennischimiz Humoyun Sultonov ilk davrada xitoylik Mo Esongga 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.