Ten Xag "Vulverxempton" ustoziga aylanishi mumkin

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag "Vulverxempton"ga ustoziga aylanishi mumkin. Bu haqda TalkSport xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, “bo'rilar" bir nechta mutaxassislarning nomzodlarini o'rganib chiqmoqda. Klub short-listidan Brendan Rojers va Ole-Gunnar Sulsher ham joy olgan.
Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag “Vulverxempton” ustoziga aylanish uchun asosiy nomzod.
Eslatib o'tamiz, klub 2 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.