Erik ten Xag "Bayer"dan iste'foga chiqarilgani uchun deyarli 5 mln evro oldi.

Avvalroq, Bundesliga klubi ikki turdan so'ng murabbiyni iste'foga chiqargan edi.

Sport Bild xabariga ko'ra, ten Xag kelishuvni buzgani uchun jarima sifatida 5 mln evrodan sal kamroq pul olgan.

Niderlandiyalik murabbiyning "Bayer" bilan shartnomasi 1 iyuldan kuchga kirgandi. Maosh va jarimalarni hisobga olgan holda, ten Xag "Bayer"da ikki oylik faoliyati davomida taxminan 6 million evro ishlab topdi - kuniga taxminan 100 ming evro.