O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya termasida ish boshlashga yaqin turibdi.

Jamoliddin Bobojonovning telegram-kanalida yozishicha, 44 yoshli o'zbekistonlik mutaxassis Indoneziyada yiliga 450 ming AQSh dollari atrofida maosh oladi.

Ma'lumot uchun. Termaning avvalgi murabbiyi Patrik Klyuyvert 1 mln dollar atroflarida maosh olgan.

Hozirda Kapadze shartnomaning so'nngi detallarini hal qilish uchun Indoneziyada bo'lib turibdi.