"Beshiktosh" safida ijarada harakat qilayotgan "Roma" hujumchisi Temmi Abraxam vatani Angliyaga qaytishi kutilmoqda.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Aston Villa" 28 yoshli ingliz futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

"Beshiktosh" Temmini yozda 13 million evro evaziga majburiy sotib olish bandi bilan ijaraga olgan edi. "Villa" endi turk klubi bilan kelishishi kerak.

Abraxam hozirda Transfermarkt portalida 14 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 26 ta o'yinda 13 ta gol urib, 3 ta assist muallifi bo'ldi.