La Liga prezidenti Xaver Tebas chempionat o'yinlari Ispaniyadan tashqarida o'tkazilishi haqida gapirdi.

Funktsioner global reklama vositasi sifatida chet elda yiliga bitta o'yin tashkil etish g'oyasini qo'llab-quvvatladi.

"Bu yiliga 380 ta o'yindan bittasi," - deya ta'kidladi u futbolning kengayishini Evropada NFL yoki NBA rivojlanishi bilan taqqoslab.

"Muammo nimada, butun dunyodagi muxlislar jamoalarga muxlislik qilmayaptimi?" - dedi Tebas.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida La Liga Mayamida o'tkazilishi rejalashtirilgan "Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi o'yin qoldirilgani haqida xabar bergan edi.