Tebas Ispaniya Superkubogini fevral oyida o'tkazishga tayyorligini tasdiqladi

La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya Superkubogi muddatini o'zgartirishga tayyorligini ma'lum qildi. Avvalroq OAVda o'yin fevral oyiga ko'chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Bu haqda gaplashamiz. Superkubok - bu Ispaniya futboli, bu Federatsiya brendi, ammo u La Liga brendi hamdir. O'yinlarni fevral oyiga ko'chirishda 2 ta holatni hisobga olish kerak: Chempionlar ligasi pley-off bosqichi va Ramazon oyi, ammo biz ko'chirishga tayyormiz", - deya Tebasning so'zlarini keltiradi Marca.