Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi bahs oldidan raqib hujumchisi Erling Xoland haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv 26 iyun kuni bo'lib o'tadi.

«Xoland — jahon darajasidagi futbolchi. U istalgan daqiqada gol urishi mumkin, shuning uchun biz hushyorlikni saqlashimiz kerak. Diqqatni ozgina yo'qotish ham qimmatga tushishi mumkin, ammo biz ushbu jangga tayyormiz», — deya Tchuamenining so'zlarini keltirmoqda jurnalist Jyulen Froman.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya va Norvegiya terma jamoalari allaqochon JCh-2026 pley-off bosqichi yo'llanmasini naqd qilib bo'lishgan va «I» guruhida birinchi o'rin kimga nasib etishini o'zaro hal qilishadi. Ikki turdan so'ng har ikki jamoa hisobida oltitadan ochko mavjud.

Manba: Stadion.uz