Madridning "Real" klubi tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso qo'l ostida o'ynash haqida gapirdi.

"Menga bu murabbiy bilan ishlash yoqadi. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ayni damda har bir bellashuvga e'tibor qaratyapman, jamoadoshlarimga yordam bermoqchiman. Yana oldinga siljish niyatidaman," - deya frantsiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.

Eslatib o'tamiz, Alonso 2024/2025 yilgi mavsum yakunlangach, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.