"Real" yarimhimoyachisi Orelen Tchuameni jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Antonio Pintus bilan jismoniy tayyorgarlikda oldinga siljish sezilyaptimi?

- Mening o'z fikrim bor, lekin uni ovoza qilmayman. Ilgari biz Xabi uslubi bo'yicha ishlaganmiz, hozir Arbeloa va Pintus bilan boshqacha yondashuv.

- Xabi Alonso va Arbeloaning farqi nimada?

- Yangi murabbiyning o'z g'oyalari va futbolga qarashlari bor. Biz u bilan atigi ikki-uch hafta ishlaymiz va asta-sekin ko'nikamiz. To'p bilan ham, to'psiz ham kuchli bo'lishga harakat qilamiz. "Valensiya" bilan o'yinda buning uddasidan chiqildi, dedi Tchuameni.