Orelen Tchuamenining «Real» bilan tuzgan yangi shartnomasiga ko'ra, uning yillik maoshi 13 million evroni tashkil qiladi.

26 yoshli tayanch yarim himoyachisi Madrid klubidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.

Avvalroq frantsiyalik futbolchi va «Real» 2031 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishgani ma'lum bo'lgandi.

Tchuameni 2022 yilning iyulidan buyon «Real» safida to'p surib kelmoqda. U Ispaniya klubiga «Monako»dan 80 million evro evaziga o'tgan edi.

Manba: Stadion.uz