"Real"ning Chempionlar ligasi yangi mavsumidagi ilk raqibi "Marsel" bo'ladi. Madrid jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni o'z vatani jamoasiga baho berdi.

"Ularning jamoasi juda o'zgargan. Qiyin o'yinni kutyapman. Bilmadim, bu jamoani hamma ispanlar biladimi, lekin Frantsiyada juda kuchli. Frantsuz sifatida bu o'yinni intiqlik bilan kutyapman", - deya Tchuamenining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

"Real"ga o'tishdan oldin Orelen Tchuameni Liga 1da "Bordo" va "Monako" klublarida o'ynagan.