Tchuameni o'rnini Kamavinga egallaydi

Madridning "Real" klubi bugun La Liga 13-turida safarda "Elche" mehmoni bo'ladi.
Diario AS nashri xabariga ko'ra, ushbu o'yinda jarohat sabab jamoaga yordam bera olmaydigan Orelen Tchuamenining tayanch yarim himoya pozitsiyasidagi o'rnini Eduardo Kamavinga yopishga majbur bo'ladi.
Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan 01:00'da start oladi.