Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni muvaffaqiyatga erishgandan so'ng motivatsiyani qanday saqlab qolish borasidagi savolga javob berdi.

«Shaxsan men uchun — yutqazishim yoki yutishimdan qat'i nazar — kimningdir mendan yaxshiroq ekanligini ko'rishdan yomonroq narsa yo'q. Buni shunchaki yomon ko'raman. Men boshqa yarim himoyachilarni kuzataman, boshqa futbolchilar nima qilayotganiga qarayman va: "U yaxshi o'ynayapti, lekin men undan qolishmayman", deb o'ylayman», — deya «qaymoqranglilar»ning 26 yoshli futbolchisi so'zlarini keltiradi Madrid Zone.

Orelen Tchuameni 2022 yilning yozida «Monako»dan «qirollik klubi» safiga 80 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi «Real» tarkibida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatma yozdirib qo'ydi.