Tchuameni: "Mavsumni uch g'alaba bilan boshlashimiz shart edi"

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni "Malorka"ga qarshi La Liga 3-tur o'yinidan (2:1) so'ng yangi mavsum starti haqida fikrlarini bildirdi.
"Biz yangi mavsumni uch g'alaba bilan boshlashimiz shart edi. O'zimni markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida qulay his qilyapman, ammo eng muhimi jamoa uchun o'ynashdir", - dedi frantsuz futbolchisi.