Tchuameni mashg'ulotlarda qatnashdi

Orelen Tchuameni "Benfika"ga qarshi o'tkazilgan Chempionlar Ligasi uchrashuvida biroz noqulaylik his qilgan. Ammo frantsuzda jarohat yo'q — payshanba kuni u jamoa bilan mashq qilgan, deb xabar beradi The Touchline.
"Real" ispan La Ligasi doirasida "Osasuna" bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko'ryapti. O'yin shanba kuni, 21 fevralda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Ispaniya chempionati jadvalida etakchi. Ikkinchi o'rindagi "Barselona" esa 2 ochko orqada.