Tchuameni ko'proq g'alabaga erishish uchun nimalar qilish kerakligini aytdi

"Real" tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni jamoa o'yinlarda g'alaba qozonishi uchun nimalar qilishi kerakligini aytdi.
"Biz maydonda to'p bilan ham, to'psiz ham ba'zi narsalarni yaxshiroq bajarishimiz kerakligini bilamiz. Ko'proq g'alabalarga erishishimiz uchun hujumda ham, himoyada ham o'yinimizni yaxshilashimiz zarur", - dedi 25 yoshli frantsuz matbuot anjumanida.
Ertaga "Real" EChL 6-turida "Siti"ni qabul qiladi.