«PSJ» hujumchilari Usmon Dembele va Dezire Due Frantsiya terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi jahon chempionati saralashi doirasida o'ynab, jarohat oldi.

Parij klubi rahbariyati bundan noroziligini bildirgan. Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni vaziyatga izoh berdi.

"Har kim o'z manfaatlarini himoya qiladi. Lekin oxir-oqibat, o'z his-tuyg'ularini murabbiyga etkazishi kerak.

Agar u jarohat olishdan qo'rqsa, murabbiy uni zaxiraga joylashtiradi, biroq buning uchun murabbiy bilan gaplashib olish kerak", - dedi Tchuameni.