Tchuameni Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin

«Manchester Yunayted» yozgi transfer bozorida tarkibni kuchaytirish rejalarini tuzmoqda. Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» yarim himoyachi Orelen Tchuamenini «Real»dan o'z safiga o'tishga ko'ndirishga harakat qilishga tayyor.
Matbuotda Tchuamenining «Manchester Yunayted» bilan bog'lanishi birinchi bor kuzatilayotgani yo'q. Bu galgi transferga futbolchining yaqinda Federiko Valverde bilan yuzaga kelgan mojarosi turtki bo'lishi mumkin. Ushbu hodisadan so'ng «Real» futbolchilari 500 ming evro miqdorida jarimaga tortilgan edi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Orelen Tchuamenini 75 million evroga baholashmoqda. Futbolchining «Madrid» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.