Tchuameni Alonsoni qo'llab-quvvatladi: "Biz hammamiz bir kemadamiz"

"Real" futbolchisi Orelen Tchuameni jamoaning bir qator muvaffaqiyatsiz o'yinlari fonida Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi.
Madridliklar so'nggi etti o'yinning faqat ikkitasida g'alaba qozongan. Ular 10 dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.
"Hammamiz bir qayiqdamiz. G'alaba qozonishni istasak, hamma kurashishi kerak. Futbolchilar maydonga tushmoqda va biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Ertaga vaziyatni o'zgartirmoq uchun yaxshi imkoniyatimiz bor.
"Selta" bilan o'yinda murabbiyning yaxshi rejasi bor edi. 0:2 hisobida yutqazdik, chunki muammo futbolchilarda edi. Masalan, bizga intensivlik etishmadi. Bu murabbiyning aybi emas. Biz olg'a boramiz", - dedi Tchuameni.