Madridning «Real» klubi muxlislari frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni jamoadan chetlatish talabi bilan onlayn-petitsiya yaratishdi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, petitsiya paydo bo'lgan birinchi soatning o'zidayoq 70 000 kishi unga imzo chekkan, vaholanki tashkilotchilar dastlab 50 000 tadan ko'p bo'lmagan imzo to'planishini kutishgan edi. Hozirda petitsiya ostida qoldirilgan imzolar soni 142 000 taga etdi.

Avvalroq, «Real»dagi ko'pchilik Mbappedan norozi ekani ma'lum bo'lgan edi. Xususan, frantsuz Vinisius Junior bilan bir vaqtda maydonga tushishni istamayotgani, o'z maqomini suiiste'mol qilayotgani hamda mashg'ulotlar jarayonida xodimlarga nisbatan mensimay munosabatda bo'layotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.