Tarjima «Galatasaroy» ukrainalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Kievning «Dinamo» klubi forvardi Matvey Ponomarenko Ukraina Premer-ligasini Turkiya chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Fotomac xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, 20 yoshli hujumchining xizmatlariga Istanbulning «Galatasaroy» klubi qiziqish bildirmoqda. Turklar Ponomarenkoni yulduz nigeriyalik forvard Viktor Osimxenga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. «Galatasaroy» ukrainalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
O'tgan mavsumda Ponomarenko «Dinamo»ning eng yaxshi to'purariga aylandi. Matvey kievliklar jamoasi safida 27 ta uchrashuvda 17 ta gol va bitta golli uzamaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar