Tarixiy mavsum: «Arsenal» g'alabalar soni bo'yicha o'z rekordini yangilashga yaqin

«Arsenal» bir mavsumdagi g'alabalar soni bo'yicha o'z rekordini takrorladi.
Bugun Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Atletiko»dan ustun keldi (1:0, birinchi o'yin – 1:1).
Joriy mavsumda londonliklar barcha musobaqalarda jami 41 ta g'alabaga erishib, klub tarixidagi eng yaxshi natijani takrorlashdi. «Kanonirlar» bunga qadar faqat 1970/71 yilgi mavsumdagina shuncha o'yinda zafar quchishgan edi.