Taremiga Gretsiya grandi jiddiy qiziqmoqda

"Inter" hujumchisi Mehdi Taremi A Seriyani tark etib, Gretsiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Sky Sports Italia xabariga ko'ra, 33 yoshli eronlik forvardga "Panatinaikos" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Taremi "neradzurrilar" bosh murabbiyi rejalariga kiritilmagani sabab yoshlar jamoasi mashg'ulotlariga yuborilgan edi.
Transfermarkt uni 3,5 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.