Tare: «Ibrahimovich bilan erkakchasiga, ochiqcha gaplashamiz»

«Milan» sport direktori Igli Tare Zlatan Ibrahimovich bilan muloqoti haqida gapirib berdi.
«Ikkimiz ham Bolqondanmiz, shu sababli ba'zi narsalarni yuzga ochiq aytish kerakligini tushunamiz. Muloqotimiz erkakchasiga va juda samimiy», — deya Tarening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Milan» A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Kelayotgan dam olish kunlarida klub «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushadi.
Igli Tare o'tgan yildan beri klubda faoliyat yuritmoqda, u millatiga ko'ra alban.