Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 15 sentyabr kuni BAAda bo'lib o'tadigan “Al Ayn” va “Al Nassr” jamoalari o'rtasidagi bahsni boshqarib boradi.

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

VAR: Ahrol Risqullaev

Shuningdek, yana ikki nafar o'zbekistonlik mutaxassis Elit Chempionlar Ligasining dastlabki tur o'yinlariga tayinlandi:

14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tadigan “Al Qodisiya” va “Al Vasl” bahsida Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.

16 sentyabr kuni Tailandda bo'lib o'tadigan “Port” va “Vissel Kobe” uchrashuvida Valentin Kovalenko hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.