Taniqli murabbiy UEFA qaroridan g'azablandi

Figurali uchish bo'yicha SSSRda xizmat ko'rsatgan murabbiy Tatyana Tarasova UEFAning Isroilga qarshi sanktsiyalar qo'llamaslik qaroridan g'azablandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UEFA AQShning ta'siri tufayli Isroil jamoalarini Evropa musobaqalarida qatnashishlarini taqiqlamaslikka qaror qilgandi.
"Adolatga erishishning yana qanday yo'llari bor? Men bu qarorlarni yaxshi tushunmayman, faqat bir narsani bilaman: ularning yuziga musht tushirish kerak", - dedi Tarasova.