Taniqli figurali uchuvchi Kamila Valieva Evropa chempioni unvonidan mahrum qilindi

Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valievani 2022 yilgi Evropa chempionatining oltin medalidan rasman mahrum qildi.
Bu Shveytsariya Federal sudining sportchining diskvalifikatsiyasini rad etishidan keyin sodir bo'ldi. Shunday qilib, boshqa bir rossiyalik sportchi — Anna Sherbakova Evropa chempioni deb topildi. Ikkinchi o'rin Aleksandra Ignatova (Trusova)ga, bronza esa belgiyalik Luna Xendriksga nasib etdi.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempioni unvoni dastlab, rossiyalik Kamila Valievaga tegishli edi, ammo u dopingga qarshi qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilgandan so'ng, uning natijalari bekor qilindi.