Tahlilchilar «Manchester Siti» va «Arsenal» bahsida kim favorit ekanini aytishdi

Bugun, 19 aprel kuni Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida chempionat peshqadamlari o'rtasida hal qiluvchi o'yin bo'lib o'tadi: «Manchester Siti» o'z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi.
Tahlilchilar ushbu bahsda «Manchester Siti»ning g'alaba qozonish imkoniyatini 51,1% deb baholamoqdalar. «Arsenal»ning g'alabasi 22,7%, durang natija esa 26,2% ehtimollik bilan prognoz qilingan.
Jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'zaro uchrashuv 2026 yil 22 mart kuni bo'lib o'tgan va unda «Manchester Siti» 2:0 hisobida zafar quchgan edi.
Manba: www.stadion.uz.