5 oktyabr kuni Albaniya poytaxti Tirana shahrida taekvondo WT bo'yicha "Albania Open" xalqaro turniri bo'lib o'tadi. G1 toifasiga kiruvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Turnir joriy oy yakunida Xitoyda o'tadigan jahon chempionati oldidan terma jamoa a'zolarining tayyorgarligini sinovdan o'tkazib beradi. Mamlakat taekvondo assotsiatsiyasi Tiranadagi musobaqaga quyidagi tarkib jalb etilganini ma'lum qildi:

Erkaklar:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev
-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Kamron Mansurov
-63 kg: Nazarali Nazarov
-63 kg: Shamsiddin Qurbonov
-68 kg: Diyorbek To'xliboev
-74 kg: Islombek Rajabov
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-87 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Yodgor Jo'raboev
-87 kg: Shohjahon Karimboev
+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-49 kg: Laylo Hasanova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Sevinch Hayitova
-62 kg: Diyora Azizova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova

Manba: olympic.uz