Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT bo'yicha Osiyo chempionatining kyorugi yo'nalishidagi bahslari start oldi.

Dastlabki kun O'zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldi. Oltin medalni jamoamizga Olimpiada sovrindori Svetlana Osipova taqdim qildi.

Oltin medal:
+73 kg: Svetlana Osipova

Kumush medal:
+87 kg: Marat Mavlonov

Bronza medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev