Taekvondochilarimiz Gran-pri chellenj musobaqasini oltin medal bilan yakunlashdi

Tailandning Bangkok shahrida taekvondo WT bo'yicha Gran-pri chellenj musobaqasi o'tkazildi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.
Chempionlik +80 kg vazn toifasida qatnashgan Shuhrat Salaevga nasib etdi.
Manba: olympic.uz