Taekvondo WT. Jahon chempionatida qatnashadigan taekvondochilarimiz tarkibi ma'lum

24-30 oktyabr kunlari Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi. Dunyoning 154 mamlakatidan tashrif buyurgan terma jamoalar orasida hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi.
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi bo'lajak musobaqada qatnashadigan sportchilar tarkibini ma'lum qildi:
Erkaklar:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev
-58 kg: Omonjon Otajonov
-63 kg: Nazarali Nazarov
-68 kg: Diyorbek To'xliboev
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiev
-80 kg: Jasur Jaysunov
-87 kg: Shuhrat Salaev
+87 kg: Marat Mavlonov
Ayollar:
-46 kg: Madina Shoniyozova
-49 kg: Laylo Hasanova
-53 kg: Laylo Zayniddinova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Sevinch Hayitova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+73 kg: Svetlana Osipova
Manba: olympic.uz