Taekvondo. Shabbona Abduvalieva 2026 yilgi Usi Katta dubulg'a turniriga yo'llanma qo'lga kiritdi

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha "Wuxi 2025 World Taekwondo Grand Slam Challenge" musobaqasi o'tkazildi.
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Shabbona Abduvalieva (57 kg) ham ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, hamyurtimiz bellashuvlar yakunida kumush medalni qo'lga kiritib, musobaqa shohsupasidan joy oldi.
Bu orqali Shabbona 2026 yilda o'tkaziladigan Katta dubulg'a turniri yo'llanmasiga ega chiqdi.
Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt