Taekvondo. Najmiddin Qosimxo'jaev — Rim gran-prisining broza medali sohibi!

Italiya poytaxti Rim mezbonlik qilayotgan xalqaro Gran-pri turnirining ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi. Jamoamizning -68 kg vazn toifasidagi vakili Najmiddin Qosimxo'jaev musobaqaning yarim final bosqichiga qadar etib keldi.
Final yo'lidagi jangda Najmiddinga Rossiya vakili Amir Vikov raqiblik qildi. Shiddatli bahsda rossiyalik sportchining qo'li baland keldi.
Shunday bo'lsa-da, iste'dodli sportchimiz Najmiddin Qosimxo'jaev G6 kategoriyasidagi nufuzli va muhim reyting turnirining bronza medaliga mualliflik qildi.
Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt