Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Batorda taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni ortda qoldi.

Kun davomida taekvondochilarimiz Ozoda Sobirjonova, Yodgorbek Jo'raboev hamda Nazarali Nazarov terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim etishdi.

Oltin:
Ozoda Sobirjonova (-67 kg).

Kumush:
Yodgorbek Jo'raboev (-87 kg).

Bronza:
Nazarali Nazarov (-63 kg).

Hisobimizdagi medallar 8 taga etdi: 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza.

Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt