«Zaltsburg» hujumchi Xaris Tabakovich bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi besh million evroni tashkil etdi.

29 yoshli bosniyalik futbolchining avvalgi jamoasi «Xoffenxaym» bo'lib, u erda 2024 yildan buyon to'p surayotgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Tabakovich Menxengladbaxning «Borussiya» klubida ijara asosida o'ynadi. U 35 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi futbolchisini 3,5 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz