Ta Upamekanoning "Bavariya"dan ketishi mumkinligi haqida gapirdi

"Bavariya" futbolchisi Jonatan Ta jamoadoshi Dayo Upamekanoning kelajagi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
27 yoshli frantsuzning shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanadi. Myunxenliklar yangi bitim tuzish ustida ishlamoqda, biroq kelishuvga erishilmagan.
"O'ylashimcha, Dayo uchun "Bavariya" juda qulay, bu haqda uning o'zi ham ko'p gapirgan. U anchadan beri shu erda va murabbiy unga nima taklif qilishi mumkinligini biladi. Bizda yaxshi jamoa, jamoada ajoyib muhit bor, bu ham qadrli. Ammo qarorni Upamekanoning o'zi qabul qilishi kerak," - deya javob berdi Jonatan Ta Abendzeitung nashriga bergan intervyusida.
Dayo Upamekanoga "Liverpul", "PSJ", "Real" va Evropaning boshqa top-klublari qiziqish bildirmoqda.