«Surxon» «Paxtakor» futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

«Surxon» istiqbolli yosh futbolchilar selektsiyasini davom ettirmoqda.
«Surxon» va "Paxtakor" klublari o'rtasida iqtidorli futbolchi Behruz O'ktamovning transferi amalga oshirildi. 19 yoshli futbolchi O'zbekistonda o'z yosh toifasidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri hisoblanadi. U «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bo'lib, klubning turli yoshlar jamoalari safida o'ynashga ulgurgan. O'tgan mavsumda markaziy yarim himoyachi yoshlar o'rtasidagi U21 chempionati g'olibi bo'lgan.
Futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi.
Manba: https://pfcsurkhon.uz