"Surxon"ning amerikalik futbolchisi nega maydonga tushmayapti? Murabbiy javob berdi

"Santyago Garsiya ayni paytda biz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda, biroq u jamoa safiga biroz kechroq kelib qo'shildi. Tartib-qoidalar bilan bog'liq huquqiy masalalar sababli, futbolchi ma'lum muddat O'zbekiston hududidan tashqarida bo'lishiga to'g'ri keldi. Ishonchim komilki, u bosqichma-bosqich jamoaga moslashib, umumiy jarayonga to'liq kirishib ketadi", dedi 44 yoshli mutaxassis.
21 yoshli hujumchining shartnomasi yil yakuniga qadar amal qiladi. Uning so'nggi jamoasi Bosniya va Gertsegovinaning "Jeleznichar" klubi hisoblanadi.
Kommentariyalar